Fan-texnika | 21:29 / 10.07.2025
1015
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

xAI startapi tomonidan taqdim etilgan test natijalari Grok 4 ChatGPT va boshqa neyrotarmoqlardan ustun ekanini ko‘rsatdi.

Foto: Getty images

Milliarder Ilon Mask va u tomonidan asos solingan xAI sun’iy intellekt startapi Grok chatbotining yangi versiyasini taqdim etdi.

«Bu dunyodagi eng ilg‘or sun’iy intellekt», - dedi milliarder X ijtimoiy tarmog‘i orqali translatsiya qilingan taqdimot davomida. Uning ta’kidlashicha, «bir vaqtning o‘zida barcha universitetlar bitiruvchilaridan aqlli» bo‘lgan Grok 4’dan hozirning o‘zida foydalanish mumkin.

Ilon Maskning qayd etishicha, SpaceX kompaniyasi fizikaning yangi qonunlarini ochish imkoniyatlariga ega Grok 4’dan Marsni zabt etishda foydalanadi. Grok 4 ikkita qora tuynuk to‘qnashuvini modellashtirish, bukmekerlar koeffitsiyentlariga asoslanib, sport musobaqalari natijasini katta ehtimol bilan bashorat qilish va mustaqil tarzda biznes yuritish qobiliyatiga ega.

Uning ovozli funksiyasi yaxshilangan — chatbot shivirlash, kuylash, nutq ohangini o‘zgartirishni o‘rganib olgan. xAI tomonidan taqdim etilgan test natijalari Grok 4 ChatGPT va boshqa neyrotarmoqlardan ustun ekanini ko‘rsatgan.

Grok 4’ning bazaviy modelidan 30 dollarlik obuna orqali foydalanish mumkin. Uning SuperGrok Heavy tarifi uchun esa oyiga 300 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid