Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi
Erondagi o‘zbekistonlik legionerlar soni ortdi.

Foto: «Istiqlol» matbuot xizmati
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov «Istiqlol» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Tehron klubi matbuot xizmati 28 yoshli futbolchini rasman tanishtirdi.
Xabarlarga ko‘ra, eronliklar Ashurmatov transferi uchun «Rubin»ga 450 ming yevro to‘lagan. Futbolchi esa klub safida oyiga taxminan 50 ming dollar atrofida maosh olishi aytilmoqda.
Shu tariqa, Eron chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni 4 nafarga yetdi – bungacha Jalolliddin Masharipov («Istiqlol»), Oston O‘runov («Persepolis») va darvozabon O‘tkir Yusupov («Fulad») mazkur chempionatda o‘ynayotgandi.
Futbolchi transferdan keyin Championat.com nashriga bergan intervyusida o‘ziga Eronning boshqa klublari va Ozarboyjon chempionatidan ham takliflar bo‘lgani, ammo Yevropadan qiziqish bo‘lmaganini aytib o‘tgan. Shu bilan birga, Erondagi so‘nggi voqealar tufayli ushbu mamlakatga yo‘l olish qanchalik to‘g‘ri bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytargan.
«Yigitlar bilan gaplashdim. Hozir hammasi yaxshi deyishdi. Hatto Eronni tark etgan boshqa futbolchilar ham qaytishni istashyapti. Men tavakkal qilaman. Hammasi – Xudoning irodasi. Ko‘ramiz qanday bo‘larkan», – degan futbolchi.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi

18:38 / 06.07.2025
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?

15:05 / 28.06.2025
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida

18:12 / 15.06.2025