Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekistonda mustaqil ravishda buyurtmalarni topshirish punkti (BTP) ochishga qaror qilgan va uning kelajagini ko‘ra olgan tadbirkor Aleksey Zaxarov bu biznesga sarmoyani 2022 yilda kiritgan. U bu tuzilmaning rivojlanishi haqida gapirib berdi.

Foto: Uzum Market
“2023 yil oxirida men Uzum Market’dagi birinchi 3 ta buyurtma topshirish punktini ochdim — o‘sha paytda model sinov rejimida cheklangan tarzda ishlar edi. 2024 yildan boshlab u asta-sekin kengayib bordi va hozirda respublikaning 13 viloyatida Uzum Market’ning 28 ta BTP’iga egaman. Yil yakuniga qadar ularning sonini 40 taga yetkazish rejalashtirilgan. Hozirda 5 ta nuqta qurilish bosqichida. O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida topshirish punktlarini ochyapman.
O‘rtacha hisobda mening jamoamda bitta topshirish punktini ochish uchun taxminan 3 hafta vaqt ketadi. Jamoada 3 nafar asosiy xodim bor:
- strategik masalalar va muzokaralar — mening zimmamda,
- barcha to‘lovlarni (ijara to‘lovlari, kommunal to‘lovlar, ma’murlarga ish haqi va boshqalar) amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi buxgalter,
- va joylashuvlarni qidirish va shartnomalarni kelgusida kuzatib borish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis.
Shuningdek, har bir hududda ishbay ishlaydigan quruvchilar jamoasi va buyurtma beradigan yollanma ma’murlar bor. Shunday qilib, biz butun respublika bo‘ylab tobora ko‘proq yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, bu esa har bir xodim uchun rasmiy ish haqi deganidir.
Har bir BTP’iga o‘rtacha 45-50 mln so‘m sarmoya kiritaman. Eng daromadli payt noyabr va dekabr oylaridir, chunki bu davrda Uzum Market’da maksimal chegirmalar bo‘ladi va odamlar juda ko‘p buyurtmalar berishadi. Bunday biznes modelining o‘zini oqlashi bir yildan ikki yilgacha.
Uzum Market mutaxassislari jarayonga maksimal darajada jalb etilgan — har bir BTP uchun ishchi guruh tuziladi, u yerda barcha yuzaga keladigan masalalar tezkorlik bilan hal etiladi. U yerda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilar bor: qurilish, HR, shartnoma munosabatlari va boshqalar. Shuningdek, hamkasblar yangi xodimlar uchun treninglar tashkil etishadi.
Avvalo joyni to‘g‘ri tanlash juda muhim. Yaqin atrofda hali ishlayotgan BTP yo‘qligiga, joy yetarli darajada gavjum, o‘tish uchun qulay bo‘lishiga, odamlar zich joylashgan turar joy massivida bo‘lishiga e’tibor qaratish muhimdir”.
Uzum Market matbuot xizmati suhbatlashdi.
Mavzuga oid

11:00 / 07.05.2025
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market 69 000 dan ortiq o‘zbekistonlikni reabilitatsiya qilish vositalari bilan ta’minladi

10:09 / 19.03.2025
Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi

19:00 / 16.10.2024
Mamlakatning 30 ta eng yirik shaharlari bo‘yicha havo sifati ma’lumotlari endi onlayn rejimida mavjud

11:00 / 13.09.2024