Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan
Xususan, u «Motorola» laqabi bilan tanilgan Donbassdagi rossiyaparast bo‘linma qo‘mondonlaridan biri - Arsen Pavlovning o‘ldirilishiga mas’ul bo‘lgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kiyevda otib ketilgan polkovnik Ivan Voronich Ukraina Xavfsizlik xizmatining Rossiya va okkupatsiya qilingan hududlarda operatsiyalar o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi beshinchi boshqarmasida xizmat qilgan. Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Voronich «ma’lum muddat» ushbu bo‘linmani ham boshqargan. U MRBdan ko‘mak olib kelgan va xususan, «Motorola» laqabi bilan tanilgan Donbassdagi rossiyaparast bo‘linma qo‘mondonlaridan biri — Arsen Pavlovning o‘ldirilishiga mas’ul bo‘lgan.
Ukraina Xavfsizlik xizmatinign sobiq xodimi Ivan Stupak ham NV nashri bilan suhbatda shu kabi ma’lumotlarni keltirgan.
«Eslaymiz, «Givi», «Motorola», unvoni pastroq bo‘lgan turli-tuman «rus bahori faollari»; ko‘pchilik yoqib yuborilgan, otib tashlangan, o‘ldirilgan. Bu — halok bo‘lgan shaxs ishlagan bo‘linma shug‘ullangan ishlar edi», — deydi sobiq UXX xodimi.
Eslatib o‘tamiz, Voronich 10 iyul kuni ertalab Kiyevdagi Goloseyevskiy rayonida otib ketildi. Qotil unga pistoletdan bir necha marta o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan. Xavfsizlik xizmati va milliy politsiya jinoyatning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv Ukraina Jinoyat kodeksining 348-moddasi (huquqni muhofaza qilish organi xodimi, jamoat tartibi va davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha jamoat tuzilmasi a’zosi yoki harbiy xizmatchining hayotiga tajovuz qilish) bo‘yicha davom etyapti.
Mavzuga oid

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

14:11 / 11.07.2025
Makron va Starmer Ukraina uchun tinchlikparvarlar bo‘yicha rejani e’lon qildi

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

12:30 / 11.07.2025