O‘zbekiston | 15:19 / 11.07.2025
752
2 daqiqa o‘qiladi

"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi

Prezident "Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. U gazlar chiqarilishini tizimli tartibga solish va kamaytirishga, shuningdek, "yashil" tashabbuslarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Hujjat yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy tamoyillari:

  • issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ustuvorligi;
  • davlatning issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish zarurati;
  • issiqxona gazlari chiqarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarning majburiyligi va shaffofligi;
  • issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi;
  • issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash bo‘yicha yondashuvlarning ilmiy asoslangani, tizimliligi va to‘liqligi.

Qonun bilan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga "yashil"  loyihalarni amalga oshirish huquqi berilmoqda.

Shu bilan birga, bunday loyihalarni amalga oshirish natijasida erishilgan barcha qisqartirilgan issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish to‘liq davlat ixtiyorida bo‘ladi.

"Yashil" loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi, bu esa shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi "yashil" loyihalar ijrochilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini, shuningdek, bunday loyihalar javob berishi kerak bo‘lgan talablarni ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, qonunda "yashil" loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan "yashil" loyihani amalga oshirish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklarini tekshirish nazarda tutilgan.

O‘zbekistonda uglerod birliklari savdosi natijasida olingan mablag‘lar belgilangan tartibda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish, ekologiya sohasidagi dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, sirkulyar va yashil iqtisodiyot, chiqindilarni boshqarish uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid