Sport | 22:15 / 12.07.2025
3976
1 daqiqa o‘qiladi

Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

«Armiyachilar» Rossiya Superkubogida g‘alaba qozondi.

Rossiyaning Qozon shahrida 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Superkubok bahsi o‘tkazildi.

Unda amaldagi chempion «Krasnodar» va kubok sohibi TsSKA klublari bellashdi.

O‘yin taqdirini 47-daqiqada TsSKA futbolchisi Igor Diveyev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Natijada «armiyachilar» o‘z tarixida 8-marta Superkubokda g‘alaba qozondi.

TsSKA tarkibida o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning Rossiyadagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Avvalroq, u Rossiya Kubogida ham zafar quchgan edi.

Mavzuga oid