Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent va Farg‘onada OTMga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlandi.

Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:13 / 03.07.2025