Jahon | 13:06 / 12.07.2025
1970
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

YeI davlatlari Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketi bo‘yicha haligacha kelisha olmadi: bir tomondan, Slovakiya unga to‘sqinlik qilmoqda, ikkinchi tomondan, neft narxining maksimal chegarasi muhokamasi davom etmoqda.

Foto: Global Look Press/Serg Glovny

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukraina shaharlariga hujumlarini kuchaytirayotgani fonida imkon qadar tezroq qabul qilmoqchi bo‘lgan Rossiyaga qarshi yangi, 18-sanksiya paketi Slovakiya tomonidan bloklanishda davom etmoqda. Bu haqda 11 iyul, juma kuni kechqurun ittifoqqa a’zo davlatlar elchilarining uchrashuvidan so‘ng Yevropa Ittifoqi bir qancha diplomatlari ma’lum qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Bratislava bilan maslahatlashuvlar davom etadi — ehtimol, yaqin ikki kun ichida.

Ma’lumki, Slovakiya Yevropa Komissiyasi tomonidan taklif qilingan Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketiga veto qo‘ygan, chunki u paketning o‘zidan emas, balki Yevropa Komissiyasining RePowerEU - 2027 yilgacha Rossiya energetikasidan butunlay voz kechish rejasidan qoniqmagan. Ayni paytda, sanksiyalarni qo‘llash uchun Yevropa Ittifoqi barcha a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilishi kerak, Slovakiya rahbariyati paketni tasdiqlashni RePowerEU bo‘yicha murosaga bog‘lash orqali foydalangan.

Diplomatlar va Yevropa Ittifoqi rasmiylariga ko‘ra, Bratislava bilan ham Yevrokomissiya va YeI Kengashi darajasida, ham Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan ikki tomonlama intensiv muzokaralar olib borilmoqda, biroq Slovakiya vetosini bekor qilmayapti.

«Yevropa komissiyasi katta ish qildi, u (Slovakiyaga) juda oqilona kafolatlar berdi», — dedi diplomatlardan biri. «Men bilishimcha, Yevrokomissiya taklif qilgan narsa Slovakiya uchun tashvishlanishni to‘xtatish uchun yetarli. Biroq, noma’lum sabablarga ko‘ra, bu Bratislava uchun hali ham kamlik qilyapti».

Mavzuga oid