Fan-texnika | 16:48 / 12.07.2025
5799
2 daqiqa o‘qiladi

To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi

Mashina 5 xil komplektatsiyada sotiladi. Narxi esa 14450 dollardan boshlanadi. 

Xitoyning Geely kompaniyasi o‘zining yangi hibrid sedani Galaxy A7 ning dastlabki sotuvlariga start berdi.

Galaxy A7 ga 1,5 litr sig‘imli, 112 ot kuchini beradigan benzinli dvigatel hamda 238 ot kuchiga ega elektrodvigatel o‘rnatilgan. Mashina Geely Thor AI Hybrid tizimi sabab 100 km masofaga atigi 2,67 litr benzin sarf qilishi va’da qilinmoqda. 

Sedan 5 xil komplektatsiyada taqdim etilgan. Ularning dastlabki ikkitasi faqat tokning o‘zida 70 km, qolgan uchtasi esa 150 masofa bosib o‘ta olishi qayd etilgan. 

Mashina bir martalik to‘liq quvvatlanish hamda to‘la benzin baki bilan 2100 kmdan ortiqroq masofa bosib o‘tishi mumkin.

Galaxy A7 salonida ham qator qulayliklar mavjud: mobil telefonni simsiz quvvatlash, panoramali tom, multimedia tizimi uchun katta displey. O‘rindiqlari esa isitish, sovitish hamda massaj funksiyalari bilan ta’minlangan.

Mashinaning narxi esa komplektatsiyasiga qarab 14450—18650 dollar atrofida baholangan.

Mavzuga oid