Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Mis Pentagon tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan metallardan biri va bu ishlab chiqarish AQShga o‘tkazilishi kerak, dedi Tramp.

Foto: EPA / TASS
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan mis importiga 50 foizlik bojlar 1 avgustdan kuchga kiradi. «Men 2025 yilning 1 avgustidan boshlab misga 50 foizlik boj joriy etilishini e’lon qilaman, bu milliy xavfsizlik ishonchli baholanganidan keyin bo‘ladi», dedi Tramp o‘zining Truth Social Media ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning ta’kidlashicha, mis yarimo‘tkazgichlar, samolyotlar, kemalar, o‘q-dorilar, akkumulyatorlar, gipertovushli qurollar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. «Mis Mudofaa vazirligi tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan ikkinchi materialdir! Nega bizning ahmoq (va uyqusirab o‘tirgan!) «rahbarlarimiz» bu muhim sanoatni yo‘q qildi?» - deya yozdi Oq uy rahbari. Unga ko‘ra, yangi tariflar «Bayden ma’muriyatining o‘ylamagan xatti-harakatini o‘zgartiradi».
Tramp 8 iyul kuni mis importiga bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng Nyu-Yorkdagi Comex birjasida mis narxi 17 foizga ko‘tarilib, tarixiy maksimumni yangiladi. Bloomberg agentligining yozishicha, AQSh asosan Chili, Kanada va Meksikadan mis importiga juda bog‘liq. Unda ta’kidlanishicha, hozircha tariflar qanday, qaysi mahsulotlarga nisbatan qo‘llanishi va yetkazib beruvchilarga imtiyozlar berilishiga aniqlik kiritilmagan.
Yyel universitetidagi The Budget Lab tahliliy markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik iste’molchilar mis importiga joriy qilingan 17,6 foizlik tariflarning salbiy oqibatlariga duch kelgan – u 1934 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Biroq, Vashington bojlardan yuqori daromadlarga ishora qilmoqda: moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh allaqachon 100 milliard dollarga yaqin mablag‘ olgan va yil oxiriga borib bu miqdor 300 milliard dollarga yetishi mumkin.
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025