Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Raketalarning har biri Boltiq dengizidagi 15 kilometrgacha uzoqlikda bo‘lgan kichik o‘lchamli nishonlarni yo‘q qildi.
Estoniyalik harbiylar HIMARS reaktiv zalp o‘t ochish tizimlari yordamida jangovar mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. O‘t ochish videosi mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
To‘rt oylik mashg‘ulotlardan keyin estoniyalik harbiylar 11 iyul kuni ilk bor HIMARS reaktiv zalp o‘t ochish tizimidan jangovar holatda sinab ko‘rdi. Estoniya Mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, har bir raketa Boltiq dengizida 15 kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikdagi kichik o‘lchamli nishonlarni yakson qilgan.
Mudofaa idorasi ushbu o‘t ochishlarni «tarixiy voqea» deb atadi.
Raketalar Saaremaa oroli sohillaridan uchirilgan va ular bir daqiqadan kamroq vaqt ichida nishonlarga yetib borgan.
HIMARS’dan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bir necha oy davom etdi. Podpolkovnik Rauno Viytmanning ta’kidlashicha, artilleriyachilar reaktiv zalp o‘t ochish tizimlari operatorlari sifatida qayta tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Estoniyaning Emari aviabazasiga oltita HIMARS yetkazilgan edi. Ushbu tizimlar xaridi — Boltiqbo‘yi davlatlarining hamkorlikdagi loyihasidir. Tez orada tizimlar Latviya va Litvaga ham yetkaziladi.
Mavzuga oid

11:02 / 10.07.2025
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi

23:09 / 09.07.2025
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi

19:25 / 06.07.2025
Estoniyada vertolyot Boltiq dengiziga qulab tushdi

15:24 / 04.07.2025