Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Dror-1 aloqa sun’iy yo‘ldoshi mamlakat hukumatining buyurtmasiga ko‘ra, «Isroil aviatsiya sanoati» mudofaa konserni tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: SpaceX
Amerikaning Falcon 9 raketasi 13 iyul kuni Isroilning Dror-1 aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Qayd etilishicha, raketa Floridaning Kanaveral burnidagi Amerika Kosmik kuchlariga qarashli 40-start majmuasidan uchirilgan.
Dror-1 aloqa sun’iy yo‘ldoshi mamlakat hukumatining buyurtmasiga ko‘ra, «Isroil aviatsiya sanoati» mudofaa konserni tomonidan ishlab chiqilgan. Qiymati salkam 200 million dollar turadigan apparat 15 yil xizmat qilishi rejalashtirilgan.
Parvoz vaqtida Falcon 9’ning 13-marotaba foydalanilgan ko‘p martalik birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi Just Read the Instructions dengiz platformasiga boshqariluvchan vertikal qo‘nishni amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida SpaceX BAAga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirgandi. Thuraya 4 sun’iy yo‘ldoshi Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada mobil aloqani taqdim etishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

14:50 / 28.06.2025
O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

17:38 / 22.06.2025
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

11:33 / 09.06.2025