Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Germaniya mudofaa vaziri Pentagon rahbari bilan Berlinning Ukraina uchun AQShdan ikkita Patriot tizimini sotib olish imkoniyatini muhokama qilmoqchi.

Foto: Gordon Welters/FT
Germaniya Rossiya Federatsiyasining havo hujumlari kuchayishi va Kiyevning bir necha bor iltimosiga qaramay, Ukrainaga nemis-shved TAURUS qanotli raketalarini yetkazib bermaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 13 iyul, yakshanba kuni chop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga TAURUS qanotli raketalarini yetkazib berish g‘oyasiga ochiq ekanini bir necha bor ishora qilgan edi. O‘z navbatida, Moskva bunday harakatni Germaniyaning urushga kirishi deb hisoblashi haqida bir necha bor ogohlantirgan va faqat nemis armiyasi ushbu qurol tizimini boshqarishi mumkinligini ta’kidlagan.
Mers 1 iyul kuni Maischberger dasturi mehmoni bo‘lganida, agar Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazib berilsa, ularni nemis emas, balki Ukraina harbiylari boshqaradi, dedi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 14 iyul kuni Vashingtonda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset bilan uchrashishi kutilmoqda. Nemis siyosatchisi FT telekanaliga bergan intervyusida tushuntirganidek, bu uchrashuvda u Amerikaning Yevropaga harbiy yordami bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni muhokama qilmoqchi.
Nashrga ko‘ra, suhbatning yana bir mavzusi Ukraina va Patriot havo mudofaa tizimlari masalasi bo‘lishi kerak. Berlin allaqachon ushbu turdagi o‘n ikkita ZRKdan uchtasini Kiyevga topshirgan. Endi Germaniyada atigi oltita Patriot kompleksi qoldi, dedi Pistorus intervyuda. Ikki tizim foydalanish uchun Polshaga o‘tkazildi, yana bir tizim esa doimiy ta’mirdan o‘tayotgani yoki mashg‘ulotlarga jalb qilingani uchun mavjud emas, dedi nemis vaziri. «Bu haqiqatan ham juda kam, ayniqsa NATO maqsadlariga erishishda», deb shikoyat qildi Boris Pistorius.
Mavzuga oid

15:52
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

15:30
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi

15:14
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43