Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
1783
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi

Toshkentdagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida sun’iy intellekt asosida ishlovchi kameralar faoliyat boshladi. Ular piyodaga yo‘l bermagan haydovchilarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Kameralar ishga tushganidan buyon 3 kun ichida 1700 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Foto: Videodan kadr

Toshkentdagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida sun’iy intellekt asosida ishlovchi kameralar faoliyat boshladi.

Endi piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar ushbu kameralar orqali jarimaga tortiladi. Kameralar ishga tushganidan keyingi 3 kun ichida 1700 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati qayd etishicha, yaqin kunlarda bunday kameralar yana 30 ta chorrahada o‘rnatiladi.

May oyida Buxoro shahrida ham piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar faoliyatini boshlagandi.

Mavzuga oid