Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Finalda italiyalik Yannik Sinner dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi - Karlos Alkaras ustidan 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Reuters
Italiyalik tennischi, dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner Uimbldon g‘olibiga aylandi. Finalda 23 yoshli sinner dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi Karlos Alkarasni 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Sinner Australian Open’da ikki marotaba (2024, 2025) va bir marotaba US Open’da (2024) g‘alaba qozongan. Joriy mavsumda italiyalik klostebol steroidi sabab uch oy diskvalifikatsiyada bo‘ldi.
Alkaras ketma-ket uchinchi yil Uimbldon finalida ishtirok etdi, ispaniyalik oldingi ikki turnida ham Jokovich ustidan g‘alaba qozongan edi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 53,5 million funt sterlingni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida italiyalik Yannik Sinner Melburnda bo‘lib o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open 2025 turnirida g‘olib chiqqandi. Shu tariqa, 23 yoshli italiyalik Avstraliyadagi turnirda ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, 2024 yilda u yana bir «Katta dubulg‘a» musobaqasi – AQShda bo‘lib o‘tgan US Open turniri g‘olibi bo‘lgan.
«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlar turkumi tennisdagi eng nufuzli hisoblanadi va to‘rtta musobaqani birlashtiradi: Australian Open, France Open (Roland Garros) va US Open, shuningdek Buyuk Britaniyadagi Wimbledon turniri.
Mavzuga oid

17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

20:38 / 28.01.2024
Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi

08:53 / 04.03.2023