Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Avstraliya Xitoy Tayvanga hujum qilgan taqdirda AQSh tomonida harbiy amaliyotlarda ishtirok etishni oldindan va’da qilish niyatida emasligini aniq ma’lum qildi. Vashingtonning chaqirig‘iga Kanberra shunday javob berdi.

Foto: Patrick Aventurier/abaca/picture alliance
Xitoy Tayvanga hujum qilgan taqdirda Avstraliya AQSh tomonida harbiy amaliyotlarda ishtirok etish majburiyatini oldindan o‘z zimmasiga olmaydi. Avstraliya teleradiokompaniyasiga (ABC) mamlakat mudofaa sanoati vaziri Pet Konroy: «Avstraliya qo‘shinlarini mojaroga jo‘natish to‘g‘risidagi qarorni hukumat zarur bo‘lganda qabul qiladi, oldindan emas», dedi. U Avstraliya o‘z suverenitetini hamma narsadan ustun qo‘yishini ta’kidladi.
Britaniyaning Financial Times gazetasi 12 iyul kuni xabar berishicha, AQSh mudofaa vazirining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbrij Kolbi so‘nggi oylarda AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng muhim ittifoqchilari bo‘lmish Avstraliya va Yaponiyani Tayvan bo‘yicha mojaro avj olgan taqdirda o‘z rejalarini oshkor qilishga chaqirgan. Xuddi shu kuni Kolbi X ijtimoiy tarmog‘ida Pentagon «prezidentning "Amerika hammasidan ustun" dasturini amalga oshirishga e’tibor qaratgan»i, bu «ittifoqchilarni mudofaa xarajatlarini oshirishga va jamoaviy mudofaa bilan bog‘liq boshqa sa’y-harakatlarni» o‘z ichiga olganini yozdi. Ijobiy misol sifatida amerikalik mulozim Yevropa davlatlarining Donald Tramp talab qilganidek, mudofaa xarajatlarini oshirish qarorini keltirdi.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Albaneze yaqinda Kanberra Tayvanning status-kvosini, ya’ni uning materik Xitoydan de-fakto mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Tayvan qisman tan olingan davlat bo‘lib, rasmiy Pekin uni Xitoy Xalq Respublikasi hududining bir qismi deb hisoblaydi. So‘nggi yillarda XXR orol qirg‘oqlarida bir necha bor keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, ba’zi harbiy tahlilchilar buni orolga bostirib kirish uchun repetitsiya sifatida baholadi. 2024 yil sentabrida nemis harbiy kemalari Tayvanni materik Xitoydan ajratib turuvchi bo‘g‘ozdan o‘tdi, Pekin buni provokatsiya sifatida qabul qildi.
Mavzuga oid

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

18:24 / 10.07.2025