Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Bolalar ombudsmani bolalarni itdek vovullatgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin Dilorom Jabborovaga yangi jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
O‘zini defektolog-psixolog – duduqlanadigan bolalarni davolovchi mutaxassis sifatida tanishtirib, faoliyat yuritayotgan Dilorom Jabborovaga bolalarni itdek vovullatgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin yangi jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dilorom Jabborovaning ish uslubiga avval ham ilmiy va kasbiy baho berilgan, xususan, ish uslubi mutlaqo ilmiy asoslanmagani, murakkab duduqlanish muammosiga «tor va ibtidoiy yondashgani», duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga «jiddiy zarar yetkazishi» hamda pedagogika qoidalariga «butunlay zidligi» aniqlangan edi. So‘ngra, 2024 yil fevral oyida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyatni davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgan edi. Bolalar ombudsmani xabaridan ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyat ishi 2025 yil 17 aprel kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tugatilgan. Buning asoslari xabarda keltirilmagan.
Ammo, ma’lum vaqt o‘tgach, Dilorom Jabborova «defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani» kuzatilgan.
«Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, D.J. avvalgidek, duduqlanishi bo‘lgan bolalar bilan o‘zining ilmiy asoslanmagan, defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani kuzatildi. D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan 2025 yilning 2 iyun kuni Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga tegishli so‘rov yubordi», deyiladi xabarda.
Natijada, 25 iyun kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib, ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
«4 iyul kuni Tergov bo‘limi tomonidan D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

10:03 / 27.06.2025
Toshkentda onlayn savdo platformasida 3 yoshli bolani kim sotuvga qo‘ygani aniqlandi

20:26 / 05.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

17:03 / 11.02.2025