O‘zbekiston | 15:07
3987
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekfilm» binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi (video)

Chilonzor tumanidagi ochiq maydonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in hududida olingan videolarda osmonga quyuq tutun ko‘tarilgani aks etgan.

FVVning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etdi.

15 iyul kuni soat 14:17 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t, eski avtomobil shinalari yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:25 da yetib borib, yong‘in 14:52 da qurshab olindi va yong‘inni o‘chirishga kirishdi.

Vaziyat to‘liq Toshkent shahar FVB tomonidan nazoratga olingani aytilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid