Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
2025/2026 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5 avgustga qadar qabul qilinadi.

Foto: Unsplash
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlanganini ma’lum qildi.
2025/2026 o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
- 2 ta uzrli sababga ko‘ra, respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida — transfer.edu.uz;
- xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga — my.uzbmb.uz.
Arizalar 2025 yil 5 avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.