Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
Deputatlar patrul-post xizmati xodimlari va profilaktika inspektorlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi IIV qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Foto: IIB
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi hamda jamoat tartibini saqlash sohasiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda holatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish maqsadida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati takomillashtirilib, profilaktika bosh va kichik inspektori lavozimlari joriy etilgan. Biroq ichki ishlar organlari tizimidagi ishlarni ko‘rish va choralarni qo‘llash vakolati faqat mahalladagi profilaktika inspektorlariga berilgan bo‘lib, bunday vakolat huquq-tartibot maskanlardagi bosh va kichik inspektorlarida mavjud emas.
Shu bois ushbu qonun loyihasi bilan huquq-tartibot maskanlaridagi ushbu inspektorlarga ma’muriy ishlarni ko‘rish va choralarni qo‘llash vakolati berilmoqda.
Bundan tashqari, hozirda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati inspektorlariga aniqlangan ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish vakolati berilgan bo‘lsa-da, ushbu ma’muriy bayonnomalar yuzasidan choralarni qo‘llash vakolati tizimdagi boshqa mansabdor shaxslarga, jumladan, ish yuklamasi katta bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari, transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari boshliqlari hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan.
«Bu esa ma’lum ish bo‘yicha qaror qabul qilinishda fuqarolarning ortiqcha vaqt sarflashiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, mazkur qonun loyihasi bilan patrul-post xizmatining mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan ma’muriy bayonnomalarni ko‘rib chiqish vakolati ularning rahbariyatiga ham berilmoqda», - deyiladi xabarda.
Mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid

15:27 / 19.08.2024
Toshkentda PPX inspektori kaltaklandi

07:47 / 11.08.2023
Qo‘yliq bozorida PPX xodimiga otvyortka bilan jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

15:30 / 26.07.2022
PPX xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati beriladi

07:42 / 23.07.2022