Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi

Foto: Uzum
Ekotizimning potensial hamkorlari endi hamkorlikka ariza topshirishlari va uzum.com/ru/procurement saytida xaridlarning aktual ro‘yxati bilan tanishishlari mumkin.
Sahifada xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarning turlari haqida qisqacha ma’lumot, shuningdek, ta’minotchining so‘rovnomasi keltirilgan. Shunday qilib, turli miqyosdagi kompaniyalar ariza topshirishlari va eng yirik milliy raqamli ekotizimning hamkoriga aylanishlari mumkin. Buning uchun ochiq xarid qilish tartib-taomillari ro‘yxatidan yetkazib berish predmetini ko‘rsatgan holda ishtirokchining arizasini to‘ldirish va uni ko‘rsatilgan manzilga yuborish kifoya.
— Uzum xaridlarni amalga oshiradigan yo‘nalishlar orasida logistika, IT-uskunalar, qadoqlash, marketing va axborot xizmatlari, ofis va xo‘jalik mollari mavjud. Endi mahalliydan tortib xalqaro miqyosgacha bo‘lgan har qanday ta’minotchi, bir nechta tugmani bosish orqali Uzum bilan hamkorlik qilish uchun ariza topshirishi va fikr-mulohaza olishi mumkin. Xaridlar sahifasining ishga tushirilishi ichki jarayonlarni raqamlashtirish va markazida ochiqlik, samaradorlik va ishonch bo‘lgan barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish bo‘yicha ishlarning bir qismidir, — deydi Uzum CFO Nikita Gulyayev.
Uzum — jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL xizmati, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova. Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 17 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 06.02.2025
Uzum raqamli ekotizimi 2024 yilda O‘zbekistonda qariyb 1,2 trillion so‘m soliq to‘ladi

19:00 / 18.10.2024
Kapitalbank va Uzum «Retail Week Awards 2024» taqdirlash marosimida beshta mukofotga sazovor bo‘ldi

13:00 / 02.04.2024
Uzbekistan’s club’dan yangi loyiha – O‘zbekistonlik.Podcast’ning ilk epizodi e’lon qilindi

13:27 / 11.07.2023