Iqtisodiyot | 13:39
1125
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi 16 685 ta korxona ro‘yxatga olingan. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2805 taga ko‘p. Oxirgi besh yilda bunday korxonalarning umumiy soni 1,3 barobar oshdi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonining o‘sishi, birinchi navbatda, savdo (yil davomida 1205 ta kompaniya qo‘shildi), axborot-kommunikatsiya (+256) va qurilish (+271) hisobiga ta’minlandi.

Bunday korxonalarning yarmidan ko‘pi (64,2 foizi) Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Hududlar orasida Toshkent viloyati (12,3 foiz), Samarqand (3,7 foiz) va Surxondaryo (3,3 foiz) viloyatlari ham bor.

Xitoy hamon faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda — 4192 ta yoki jami korxonalarning 25,1 foizi. Rossiya kompaniyalari soni 161 taga (jami 3089 taga), Turkiya kompaniyalari soni 181 taga (2007), Qozog‘iston kompaniyalari soni 116 taga (1157) oshgan. 

Mavzuga oid