Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina iyul oyida Ukrainada 139 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 791 nafar tinch aholi esa yaralangan.

Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. 15 iyul, seshanba kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Liz Trossell: «Hozirda chidab bo‘lmas azob-uqubatlarga barham berish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerak», dedi. U xalqaro va gumanitar qonunlarni qo‘pol ravishda buzganlikda aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina iyul oyida Ukrainada kamida 139 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 791 nafar fuqaro jarohatlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining fikricha, tinch aholi orasida qurbonlarning haqiqiy soni aslida ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
BMT chaqirig‘i AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga Ukraina bilan urushni tugatish uchun 50 kun muhlat berishini aytganidan bir kun o‘tib yangradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu amalga oshmasa, AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 100 foizlik ikkilamchi tariflarni joriy qiladi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari tez orada Yevropa davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan Patriot qurilmalari hamda ko‘p sonli qurol-yarog‘ va boshqa harbiy texnika taqdim etishga va’da berdi.
Mavzuga oid

22:11
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi

18:35
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

16:31
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04