Jahon | 11:20
673
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya dumasi «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikni yana kuchaytirmoqda

Davlat dumasi birinchi o‘qishda qabul qilingan yangi qonun loyihasi birinchi ma’muriy huquqbuzarlikdan so‘ng rossiyalik «chet el agentlari»ga nisbatan jinoiy ish ochishga imkon beradi.

Foto: Oleg Yakovlev / RBK

Rossiya Davlat dumasi birinchi o‘qishda «chet el agentlari»ga nisbatan birinchi ma’muriy huquqbuzarlikdan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atishga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Ovoz berish 15 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Tashabbusni Davlat dumasining 342 nafar deputati qo‘llab-quvvatladi, faqat bir deputat qarshi ovoz berdi.

O‘zgartirishlar Rossiya Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 1- va 2-qismlariga tegishli. Unda «Rossiya Federatsiyasining chet el agentlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash» nazarda tutilgan. Bu ikki yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskarevning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yildan 2025 yilgacha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bo‘yicha 1620 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi. Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar tushuntirish xatida amaldagi qoidalar «jamoatchilik munosabatlari xavfsizligini to‘liq ta’minlamaydi», deb ta’kidlagan.

Ular Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayangan, unga ko‘ra «chet el agentlari» reyestriga kiritilgan shaxslarning 40 foizdan ortig‘i qonun bilan belgilangan cheklovlarga rioya qilmaydi. Piskarevning ta’kidlashicha, bugungi kunda tegishli reyestrda 803 nafar «chet el agent» bor.

Mavzuga oid