Fan-texnika | 21:47 / 16.07.2025
1486
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi

Xitoyda Tesla Model Y elektromobilining yangi kengaytirilgan versiyasi namoyish etildi.

Foto: MIIT

Tesla kuzda Xitoyda kengaytirilgan Model Y L modelini sotishni boshlaydi, deb xabar berdi CarNewsChina.

Elektromobilning o‘lchami kattalashtirildi, qo‘shimcha ravishda, mashina uchta qator va oltita o‘rindiqga ega bo‘ladi. Ilgari Tesla Model Y faqat besh o‘rindiqli edi.

Kengaytirilgan Model Y an’anaviy versiyadan 179 mm uzunroq, g‘ildirak bazasi esa 150 mm uzunroq. Shu bilan birga, avtomobil 12 ot kuchiga (Y L 462 ot kuchiga, oddiy Y 450 ot kuchiga ega) kuchliroq bo‘ldi.

Tesla Model Y yangi versiyasining rasmiy narxi hozircha noma’lum, biroq nashrning fikricha, u 300 ming yuan (taxminan 570 mln so‘m) atrofida bo‘lishi mumkin.

Tesla Model Y 2024 yilda Xitoyda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi – 480 mingdan ortig‘i sotilgan

Yangilangan Model Y 2025 yil boshida taqdim etilgan edi. Restayling qilingan model Amerika bozoriga qaraganda Xitoyda ertaroq debyut qildi. Tashqi tomondan, krossover Cybertruck pikapiga o‘xshab ketadi.

 

Mavzuga oid