O‘zbekiston | 10:40
1092
1 daqiqa o‘qiladi

Gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ko‘p qavatli turar joy binosi aniqlandi

Ko‘p qavatli turar joy binosida 943,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda, Shahrixon tumanida joylashgan «U.I.S.» MChJ tomonidan qurilgan 2 ta (7 qavatli) binoda gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 943,1 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid