O‘zbekiston | 10:41 / 19.07.2025
922
2 daqiqa o‘qiladi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor va Sergeli tumanlari bo‘limlari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Unda, ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi C.Ph. MChJ dorixonasi sotuvchisi 50 dona, V.H. MChJ dorixonasi sotuvchisi 55 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lgan “Omnadren 250” nomli dori vositalarini shifokor retseptisiz jami 5,1 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi X.S. MChJ dorixonasi provizori A.I. shifokor retseptisiz 100 dona “Omnadren-250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini Jizzax shahar, “Sayhon” MFY hududida fuqaro M.X.ga 6,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid