Jahon | 09:39
7646
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi

30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Vietnam News Agency / EPA / Scanpix / LETA

Vetnamda sayyohlik yaxtasi halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Associated Press. VNExpress ma’lumotiga ko‘ra, 34 kishi halok bo‘lgan.

Yaxta Vetnam shimolidagi Janubiy Xitoy dengizining Halong ko‘rfazida ekskursiya paytida ag‘darilib ketgan. Bortda 48 nafar yo‘lovchi va ekipajning besh nafar a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi Vetnam fuqarolari.

Yo‘lovchilarning aksariyati sayyohlar bo‘lgan, deb yozadi VNExpress. Qayiq bortidagilarning 20 dan ortig‘i bolalar edi.

Hodisaga to‘satdan momaqaldiroq va kuchli shamol sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Halok bo‘lganlarning jasadlari, jumladan, sakkiz nafar bola halokat joyiga yaqin joyda topilgan. Yana 11 kishi qutqarib qolingan. Qolganlari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid