Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya politsiyasi chaqaloq savdogarlari tarmog‘ini fosh qildi
Mamlakat rasmiylari Pontianak va Tangerang shaharlarida 1 yoshli 6 nafar chaqaloqni sotishga tayyorgarlik ko‘rayotgan jinoiy sindikat ishi bo‘yicha 13 kishini hibsga oldi.

Foto: Getty images
Indoneziya politsiyasi bolalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro sindikatni oshkor qildi, huquq-tartibot idoralari xodimlari 2023 yildan beri kamida 25 nafar chaqaloq Singapurdagi xaridorlarga sotilgan deb hisoblamoqda.
BBC News xabariga ko‘ra, shu hafta Indoneziya hukumati Pontianak va Tangerang shaharlarida 1 yoshli 6 nafar chaqaloqni sotishga tayyorgarlik ko‘rayotgan jinoiy sindikat ishi bo‘yicha 13 kishini hibsga oldi.
«Bu bolalar Pontianakda saqlangan, Singapurga jo‘natilishidan oldin ularga immigratsiya hujjatlari rasmiylashtirilgan», dedi G‘arbiy Yava politsiyasining jinoiy tergov bo‘limi boshlig‘i Suravan.
Politsiyaning fikricha, jinoiy sindikatning ish uslubi go‘yoki o‘z farzandlarini tarbiyalashni istamagan ota-onalar yoki bo‘lajak onalarni tanlashdan iborat bo‘lgan. Ba’zi hollarda ular bilan avval Facebook orqali aloqa o‘rnatilib, so‘ngra WhatsApp kabi shaxsiy muloqot kanallariga o‘tilgan.
«Ba’zi chaqaloqlar hatto ona qornidayoq «zaxira» qilib qo‘yilgan», dedi Suravan. «Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng, onalarga tug‘uruq xarajatlari qoplangan, keyin ma’lum miqdorda pul to‘lab, chaqaloqni olib ketishgan».
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruhga sotiladigan chaqaloqlarni izlovchilar, vasiylar va chaqaloqlar vaqtincha yashaydigan xonadon egalari, shuningdek, hujjatlarni soxtalashtiruvchilar kirgan.
Chaqaloqlar onasidan olib qo‘yilgach, ikki-uch oyga vasiylarga topshirilgan, so‘ngra Jakartada, keyin esa Pontianakda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, pasport va boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan, deb xabar berdi politsiya.
Chaqaloqlar 11-16 million Indoneziya rupiyasiga (670-980 dollarga) sotilgan.
Hibsga olinganlarning so‘zlariga ko‘ra, sindikat Indoneziyaning o‘zida ham, undan tashqarida ham kamida 12 nafar o‘g‘il va 13 nafar qizni sotgan. Bolalarning aksariyati G‘arbiy Yava provinsiyasidan bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Ba’zi ota-onalar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli farzandini sotishga rozi bo‘lgan, degan shubhalar bor.
«Agar ota-onalar va jinoyatchilar o‘rtasida kelishuv bo‘lgani isbotlansa, ularga nisbatan bolalarga qarshi jinoyatlar va odam savdosi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilishi mumkin», dedi Suravan.
Indoneziya politsiyasi Interpol va Singapur politsiyasiga hali ham chet elda bo‘lgan sindikat a’zolarini, shuningdek, bolalarni sotib oluvchilarni hibsga olishga yordam berishni so‘rab murojaat qildi.
Mavzuga oid

11:33 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Bahrayn odam savdosi oldini olish yo‘nalishida hamkorlik qiladi

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

22:49 / 07.07.2025