Jahon | 12:50 / 22.07.2025
1275
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil kuchlari G‘azoda tinch aholini o‘qqa tutdi: 132 kishi halok bo‘ldi

Hujum qurbonlari orasida insonparvarlik yordamini kutgan 94 kishi bor.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 132 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi sog‘liqni saqlash idoralaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujum qurbonlari orasida gumanitar yordam olishni kutgan 94 nafar falastinlik ham bor.

Avvalroq G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi Sudaniyada gumanitar yordam uchun navbatda turganlar o‘qqa tutilishi oqibatida 73 kishi halok bo‘lgani va 150 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid