Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» va uni «obro‘sizlantirish» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxati»da paydo bo‘la boshladi. Tegishli qonun Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi tomonidan 2024 yil oxirida qabul qilingan.

Foto: TASS
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» va uni «obro‘sizlantirish» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar Rosfinmonitoringning «terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxati»ga qo‘shildi, deyiladi «Obnovleniye perechnya terroristov i ekstremistov» Telegram kanalidagi yozuvlarda. The Insider bunga e’tibor qaratdi.
Shunday qilib, 17 iyul kuni ro‘yxatda Yekaterinburgda yashovchi jitomirlik Valentina Kogut paydo bo‘ldi. 2024 yil may oyida Kogutga nisbatan uning YouTube kanalidagi videosi tufayli Rossiya Qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirish» aybi bilan ish ochilgan edi. Keyinchalik u ikki yillik shartli jazoga hukm qilindi.
9 iyul kuni Rosfinmonitoring ro‘yxatiga ukrainalik jurnalist Yanina Sokolovskaya qo‘shildi, u Rossiyada Rossiya armiyasi haqida «feyk» ma’lumotlarni tarqatishda ayblanib, sirtdan yetti yilga hukm qilingan.
2025 yil 1 iyunda Rossiya Davlat dumasi tomonidan 2024 yil oxirida qabul qilingan qonun kuchga kirdi, unda fuqarolarni ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqador shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish uchun asoslar kengaytirildi.
RF Qurolli kuchlari haqidagi «feyklar» va uni «obro‘sizlantirish» holatlari bo‘yicha ayblanuvchilardan tashqari, endi ro‘yxatga natsistlarning ramzlari yoki ekstremistik tashkilotlarning ramzlarini targ‘ib qilish yoki ko‘rsatishda aybdor deb topilgan shaxslar; qotillik, badanga o‘rtacha og‘ir va og‘ir shikast yetkazish, qiynoqlar va «diniy/siyosiy adovat asosida» sodir etilgan bezorilikda gumon qilingan va sudlanganlar ham kiritilishi mumkin. Shu paytgacha faqat ekstremistik va terrorchilik faoliyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan fuqarolar ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid

13:26
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

09:36
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi

09:20
Harbiy tarixchi: Ukrainadagi urush hech qachon tugamasligi mumkin

08:18