Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi
Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi boshqa bir ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgani bo‘yicha videolar tarqaldi.
Andijon viloyati IIB xabariga ko‘ra, 2024 yilning 15 dekabr kuni Andijon shahar Hunarmand mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro A.P. qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro S.S.ga nisbatan o‘zaro qarz oldi berdi masalasi ortidan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro A.P. protsessual tartibda ushlandi. Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ushbu suratdagi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlardan 102 qisqa raqamiga, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid

07:28
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

11:50 / 14.07.2025
Gazballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

10:16 / 10.07.2025