Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Global biznesning mintaqada qanday ishlashini aniqlash maqsadida Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi. Ya’ni endi kompaniyalar bitta litsenziya bilan barcha erkin zonalarda bemalol ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu model bilan Dubay Erkin zonalar kengashi alohida litsenziyalash ovoragarchiligiga barham bermoqchi.

Foto: Arabian business
Dastur Dubayni dunyoning eng chaqqon va investorlar uchun qulay iqtisodiyotga aylantirish strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, bu qadam bilan amirlikning 30 dan ortiq erkin iqtisodiy zonalarida yagona tartib o‘rnatish, ularni texnologiya, OAV va logistika, infratuzilma bilan integratsiya qilish harakati tezlashadi.
Yagona biznes pasporti Dubayni tadbirkorlik va investitsiyalar uchun eng yaxshi global shaharlar qatoriga olib kirishi kerak. Chunki bitta pasport bilan kompaniyalar, xususan katta brendlar boshqa zonalarda ham bemalol ish olib borishiga ruxsat etiladi. Erkin zonalar bosh kengashi kotibiyatiga ko‘ra, bu iqtisodiy kuch sifatida Dubayning xalqaro mavqeyini yanada oshiradi.
"Dubay korxonalarga muammosiz kengayish imkoniyatini taqdir etarkan, asosiy investitsiya joyiga aylanadi", deydi kotibiyat. Fransiyaning dunyoga mashhur hashamatli moda biznesi – Louis Vuitton birinchi bo‘liboq ushbu pasportni oldi va ikkinchi sanoat zonasida korporativ ofisini ochib ulgurdi.
Louis Vuitton’ning yangi ofis ochishi va ishlarni boshlashiga atigi 5 kun sarflagani jiddiy e’tiborni tortdi. Bu bilan Dubay biznes ochishda chaqqonligini va ortiqcha qog‘ozbozlik ustidan g‘alaba qozonganini faol reklama qila oldi.
Erkin zonalarni tartibga solish bo‘yicha idora vitse-prezidenti Abdalla al-Bannaga ko‘ra, Louis Vuitton’ning JAFZA’da ofisini ochishi - Dubay jalb qilayotgan biznes kalibri va samarali ishbilarmonlik muhitini yaratishga bo‘lgan majburiyatni isbotlaydi. Ya’ni bu bilan endi Dubaydagi biznes ekotizimiga bo‘lgan xalqaro ishonch yanada yuksaladi.
Eslatib o‘tamiz, BAAdagi erkin zonalar - 100%lik xorijiy mulkchilik, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari va avtonom tartibga olish bazasini taklif etadigan maxsus iqtisodiy hududlardir. Ushbu zonalarda biznesni sodda yuritish uchun mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash, logistika, OAV tizimi integratsiyalashgan.
Mavzuga oid

13:39 / 15.07.2025
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

13:24 / 14.07.2025
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi

01:29 / 12.07.2025
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi

21:38 / 16.06.2025