Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Foto: Getty images
Prezidentning "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1981 yil 22 iyun) qoidalarini milliy qonunchilikka joriy (implementatsiya) qilish vazifasi belgilangan.
Hujjat bilan Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:
- tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish, yuritish va takomillashtirish tartibi;
- mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish samaradorligini baholash, kasbiy (mehnat) xavflarni boshqarish va ularni aniqlash.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xodimlarni mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va mehnat gigiyenasi bo‘yicha o‘qitish;
- ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish;
- ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish;
- xavfli omillarni aniqlash, kasbiy xavflarni baholash va boshqarish;
- xodimlarning sog‘lig‘i holatini nazorat qilish;
- xodimlarni yakka tartibdagi va (yoki) jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlash;
- mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berish;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish;
- kasb kasalliklari profilaktikasi;
- pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlarning xavfsiz bajarilishini nazorat qilish.
Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi tizimining ichki auditi ish beruvchining qaroriga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish xizmati (muhandisi) tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

15:52 / 07.07.2025
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi

11:16 / 23.06.2025
O‘zbekistonda kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

15:20 / 05.03.2025
O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

18:30 / 24.07.2024