Ta’lim | 13:14
8745
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi

Joriy yilning 6 iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Imtihon natijalarini  Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rish mumkin: cambridgeinternational.org/J25-preselection-resuls/.

Quyidagi havola orqali ham natijalarni bilish mumkin: portal.piima.uz/page/ps1.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkazildi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Qolgan hududlarning imtihonlari o‘z hududlarida bo‘ldi.

Mavzuga oid