O‘zbekiston | 13:45
1523
2 daqiqa o‘qiladi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 563 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

O‘zbekistonda 214 458 ta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1 222 289 soliq obekti bo‘yicha 563,7 mlrd so‘m (yer solig‘i - 348,2 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 215,5 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan:

▫️107 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️23 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️433,7 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi 59,8 mingta tashkilotda ishlovchi 131,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 107,3 mlrd so‘m;
▪️sanoat sohasidagi 26,2 mingta tashkilotda ishlovchi 189,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 97,9 mlrd so‘m;
▪️savdo sohasidagi 51,7 mingta tashkilotda ishlovchi 91,7 ming nafar xodimning soliq qarzi – 66,3 mlrd so‘m;
▪️qurilish sohasidagi 13,2 mingta tashkilotda ishlovchi 75,9 ming nafar xodimning soliq qarzi – 63,5 mlrd so‘m;
▪️tashish va saqlash sohasidagi 6,7 mingta tashkilotda ishlovchi 44,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 21,1 mlrd so‘m;
▪️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi 11,5 mingta tashkilotda ishlovchi 21,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 16,9 mlrd so‘m;
▪️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 13,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 6,8 mlrd so‘m;
▪️axborot va aloqa sohasidagi 2,8 mingta tashkilotda ishlovchi 12,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 5,1 mlrd so‘m;
▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 21,1 mingta tashkilotda ishlovchi 86,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 48,8 mlrd so‘m.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Mavzuga oid