Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron TIV rahbari: Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi
AQShning Eron yadro inshootlariga zarba berganiga qaramay, Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi, dedi TIV rahbari. Eron delegatsiyasi Istanbulda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashadi.

Abbos Arag‘chi oto: Eraldo Peres / AP / Scanpix
AQSh Eron yadro inshootlariga zarba berganiga qaramay, Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Amerikaning Fox News telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Boyitish to‘xtatildi, chunki «zarar jiddiy va og‘ir», dedi u. «Ammo biz boyitishdan voz kecholmasligimiz aniq, chunki bu bizning olimlarimizning yutug‘idir», dedi Arag‘chi va bu endi «milliy g‘urur masalasi» ekanini qo‘shimcha qildi. Kelajakdagi har qanday yadroviy kelishuv Eronga buni qilish huquqini berishi kerak, dedi u.
Eron 25 iyul kuni Istanbulda Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashib, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuv o‘tgan oy Eron va Isroil o‘rtasida 12 kunlik harbiy qarama-qarshilik, AQSh Tehronning yadroviy inshootlariga hujum qilganidan keyin birinchisi bo‘ladi.
Muzokaralar haqidagi ma’lumot E3 tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Eron tashqi ishlar vaziri bilan birinchi telefon muloqotidan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:52 / 22.07.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025