O‘zbekiston | 19:26 / 24.07.2025
5844
3 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi

Xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, xorijdagi yurtdoshlar davlat rahbarini tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 68 yoshga to‘ldi. Uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakat hududlari va xorijdagi yurtdoshlardan samimiy qutlovlar keldi.

Maktublarda prezident rahbarligida O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.

Prezidentga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Shavkat Mirziyovni tabriklagan yuqori martabali shaxslar:

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti;

Si Jinping, Xitoy raisi;

Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘iston prezidenti;

Sadir Japarov, Qirg‘iziston prezidenti;

Imomali Rahmon, Tojikiston prezidenti;

Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidenti;

Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkman xalqining milliy yetakchisi;

Ilhom Aliyev, Ozarboyjon prezidenti;

Aleksandr Lukashenko, Belarus prezidenti;

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkiya prezidenti;

Abdulfattoh as-Sisiy, Misr prezidenti;

Li Chje Myon, Janubiy Koreya prezidenti;

Uxnaagiyn Xurelsux, Mo‘g‘uliston prezidenti;

Aleksandr Vuchich, Serbiya prezidenti;

Serjo Mattarella, Italiya prezidenti;

Natasha Pirs Musar, Sloveniya prezidenti;

Mansur bin Zoid Ol Nahayon, BAA vitse-prezidenti;

Nursulton Nazarboyev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti;

Nikol Pashinyan, Armaniston bosh vaziri;

Nurlan Yermekbayev, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi;

Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi;

Sergey Lebedev, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi;

Asad Xon, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi;

Bakitjan Sagintayev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi;

Odil Reno-Basso, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti;

Kerol Miller, AQSh Kongressi a’zosi va boshqalar.

Mavzuga oid