Ta’lim | 21:40 / 26.07.2025
11202
2 daqiqa o‘qiladi

Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi

Ushbu tashkilotlarda kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etilish huquqiga ega.

Foto: DPA

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalar (88 ta tashkilot) ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunday fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Mazkur toifadagi talabgorlar 2025 yil 1 avgustdan 15 avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat o‘tkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4 mingta davlat granti kvotasi ham hududlar kesimida taqsimlandi:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;

- Andijon viloyati – 312;

- Buxoro viloyati – 180;

- Jizzax viloyati – 233;

- Qashqadaryo viloyati – 337;

- Navoiy viloyati – 196;

- Namangan viloyati – 382;

- Samarqand viloyati – 508;

- Surxondaryo viloyati – 318;

- Sirdaryo viloyati – 140;

- Toshkent viloyati – 218;

- Farg‘ona viloyati – 529;

- Xorazm viloyati – 275;

- Toshkent shahri – 88.

Mavzuga oid