Jahon | 22:11 / 27.07.2025
1176
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning sanksiyalar kiritilayotgan kompaniya va fuqarolarning Rossiya harbiy-sanoat majmui bilan aloqalari mavjud.

Foto: Reuters

Kiyev Rossiya, Xitoy, BAA va Eronning yuzga yaqin kompaniya va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqdagi tegishli farmon Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi.  

Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning sanksiyalar kiritilayotgan kompaniya va fuqarolari Rossiya harbiy-sanoat majmui bilan aloqalarga ega. 

Farmonga ko‘ra, ular bilan savdo amaliyotlari olib borish, resurslarni tranzit qilish va boshqa turdagi hamkorliklar taqiqlanadi. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bildirishicha, joriy etilgan sanksiyalar Yevropa ittifoqining 18-sanksiyalar paketi bilan sinxronlashtiriladi. 

“Sanksiyalarimiz hamkorlarimizning yurisdiksiyalarida muvofiqlashtirilishi ustida ishlayapmiz”, — dedi u.

Mavzuga oid