Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Marg‘ilonda Margilan City Mall&Residence majmuasi qurilishi boshlandi. Bu haqida Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 26 iyul kuni ramziy kapsula qo‘yish marosimida qatnashgan. Majmua shaharning janubi-g‘arbiy qismidagi Navro‘z mahallasida barpo etiladi va Yangi O‘zbekiston massivining tarkibiy qismiga aylanadi.
Qayd etilishicha, hududda savdo majmuasi, shuningdek, 12, 14 va 16 qavatli 11 ta turar joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ularda jami 785 ta xonadon bo‘ladi. Bundan tashqari, aholi uchun savdo markazi, bolalar o‘yin maydonlari va avtomobil to‘xtash joyi ham quriladi. Loyiha qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 35 mln dollarga baholangan.
Uch oy oldin Marg‘ilonning aynan shu mahallasida turizm markazi qurilishini ham viloyat hokimligi e’lon qilgandi. 35 gektar maydonda joylashuvchi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy turizm markazida mehmonxonalar, bozor, gastronomik markaz, masjid, muzey, yotoqxona, ilmiy-tadqiqot markazi, tadbirlar zali, shuningdek, ikkita istirohat bog‘i mavjud bo‘lishi aytilgandi. Loyihaning bosh rejasini esa turk kompaniyasi ishlab chiqqan.
Mavzuga oid

14:18 / 13.07.2025
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

18:24 / 09.03.2025