Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi
Samarqand shahrida fuqaro Furqat Xalilov tomonidan qurilgan va mutaxassislar tomonidan seysmik xavfli deb topilgan 12 qavatli nostandart imoratni buzish boshlandi: bu haqdagi sud qarorini ijro etishga kirishilgan. Xalilov ijtimoiy tarmoqlarda ko‘zyoshi bilan chiqish qildi. U avvalroq Kun.uz'ga bergan intervyusida qurilishga 3 mln dollar sarflaganini aytgandi.

Foto: Kun.uz
Bino qurilishi 2012 yilda, hech qanday arxitektura ruxsatnomasi, seysmik va geologiya xulosalarisiz, xususiy tartibda qurilishi boshlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bino qurilish me’yorlariga javob bermaydi, xavfli va seysmik jihatdan yetarli darajada barqaror emas.
2022 yil may oyida o‘tkazilgan texnik ekspertiza natijasida binoni ta’mirlash ilojsiz, uni to‘liq buzish lozimligi haqida xulosa berilgan. Shundan so‘ng, o‘sha yil iyul oyida sud qarori bilan inshootni o‘z hisobidan buzish Furqat Xalilovning zimmasiga yuklatilgan.

Ammo sud qarori uzoq vaqt ijro qilinmay qolgan. 2023 yilda esa binoning birinchi qavatida noqonuniy qahvaxona ochilib, bu holat jamoatchilikda yana muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
2025 yilda davlat ijro organlari sud qarorini bajarishga kirishdi. Ayni paytda maxsus texnikalar jalb etilgan, bino qismlarining buzilishi boshlangan.
Bino sohibi Furqat Xalilov so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana murojaat bilan chiqdi. U 10 yildan ortiq mehnati va kiritgan sarmoyasi yo‘qqa chiqmoqda, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

07:40
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi

13:07 / 26.07.2025