Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia smartfonlar bozoriga qaytishini e’lon qildi
Finlandiyaning dunyoga mashhur Nokia brendi shu yilning boshida smartfonlar ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgandi. 7 oylik tanaffusdan so‘ng Nokia yangi rejalar bilan bozorga qaytishini e’lon qildi.

Foto: Nokia
Kompaniya ayni paytda o‘z brendi ostida mobil texnikalarni birgalikda loyihalash va ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan yirik hamkor qidirmoqda. Chunki brend bu gal bozorda o‘zi yolg‘iz emas, hamkor bilan bo‘lishga qaror qilgan.
Kompaniya rasmiy sahifasida keltirilishicha, Nokia o‘z brendi ostida mobil texnikalarni birgalikda ishlab chiqish va sotishga tayyor bo‘lgan yirik ishlab chiqaruvchini faol ravishda qidirmoqda.
So‘nggi yillarda Nokia brendi bozorda faqatgina HMD Global bilan tuzilgan litsenziya shartnomasi orqali taqdim etilgan bo‘lib, bu kompaniya smartfonlar va tugmali telefonlarni ishlab chiqargan.
Biroq ushbu shartnomaning amal qilish muddati 2026 yilda tugaydi va Android Authority ma’lumotlariga ko‘ra, uning uzaytirilishi ehtimoldan uzoq.
HMD allaqachon o‘z brendi ostidagi qurilmalarni bozorga olib chiqmoqda, bu esa Nokia bilan hamkorlik asta-sekin yakunlanayotganini isbotlaydi.
Texnologiya olami tahlilchilariga ko‘ra, Nokia brendi bugungi yosh qatlam uchun jozibali emas, tanilish oson bo‘lmaydi. Chunki Nokia’ning obro‘yi va o‘rni avvalgidan farq qiladi, tanilish imkoniyati bundan 10-15 yilgiga qaraganda ancha qiyin.
Fin kompaniyasi smartfonlar bozorida yana mustahkam o‘rin egallash uchun jiddiy sa’y-harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Kuchli hamkor va zamonaviy qurilmasiz bu qaytish shunchaki ramziy ahamiyat kasb etishi mumkin, xolos.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Nokia kompaniyasi Apple va Samsung kabi texnologiya gigantlariga qarshi raqobat olib bora olmagani sababli o‘z brendi ostida telefonlarni chiqarishni yakunlaganini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025