Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident mas’ullar va hokimlarni ob-havoni bahona qilmasdan, sharoitga moslashib ishlashga chaqirdi
Issiq va sovuqqa chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tish zarurligi bildirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlat rahbari so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratildi.
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Shu oyda O‘zbekiston Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylandi.
«Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat», - dedi prezident.
Davlat rahbari xalqaro vaziyat kun sayin o‘zgarib borayotgani, yildan yilga takrorlanayotgan ob-havo injiqliklari, «anomal issiq» va «anomal sovuq» degan tushunchalar odatiy holga aylanib ulgurganiga e’tibor qaratdi.
Bunday qaltis sharoitda har bir eksport bozori mamlakat uchun o‘ta muhimligi, kerak bo‘lsa, bu – iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois soha mas’ullari va hokimlar ob-havoni bahona qilavermasdan, sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tishi zarurligi qayd etildi.
O‘tgan 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foiz o‘sib, 1 milliard 326 million dollar bo‘ldi. Eksport geografiyasi 16 ta davlatga ko‘paydi.
Shu bilan birga, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog‘iston meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportining sur’ati bo‘yicha qolgan hududlardan ortda qolyapti. Navoiy viloyati esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga ham chiqa olmadi.
Ushbu hududlar va ularga Hukumatdan biriktirilgan vakillar bu boradagi ishlarini faollashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:01 / 30.07.2025
Bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

14:59 / 30.07.2025
Dala chetlarida olcha yetishtirish ko‘paytiriladi

14:56 / 30.07.2025