Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv kodeksi qabul qilindi
Kodeksga ko‘ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Foto: Kun.uz
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.
Kodeks suv, suv obektlari, suv xo‘jaligi obektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksga ko‘ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Suv obektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv obektlari;
- O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obektlari.
Suv obektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.
Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

21:12 / 30.07.2025
Suv olish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar belgilandi

21:07 / 10.05.2024
Issiqxonalarga ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizgacha qismi qoplab beriladi

11:41 / 12.02.2024
O‘zbekistonda 75 ta yirik kanalni betonlashga budjetdan 680 mlrd so‘m ajratilgan

18:30 / 04.01.2024