Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevga hujum: olti kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi
Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan yopirilma hujum uyushtirdi. Ko‘p qavatli uylardan birining bir qismi qulab tushgan.

Foto: Ukraina IIV
Rossiyaning Kiyevga navbatdagi hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi, deya xabar bermoqda mahalliy rasmiylar. Shaharning Svyatoshinskiy rayonidagi turar joy binosi ham zarba ostida qolgan.
Rossiya tunda Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum qildi, deb xabar bergan shahar meri Vitaliy Klichko. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 48 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, poytaxtning Solomenskiy rayonida bir nechta uylardagi kvartiralar shikastlangan, Goloseyevskiy rayonida maktab va bolalar bog‘chasi binolariga zarar yetgan, Shevchenkovo rayonida esa zarba to‘lqini tibbiyot muassasalaridan birining bolalar bo‘limidagi derazalarni sindirgan.
Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning ma’lum qilishicha, Svyatoshinskiy rayonida to‘rt kishi, Solomenskiyda ikki kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida olti yoshli bola ham bor.
Svyatoshinskiy rayonida to‘qqiz qavatli turar joy binosiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilishi natijasida pod’yezdlardan biri qulab tushdi, degan Tkachenko.
Vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin, hozirda qutqaruvchilar voqea joyida qidiruv ishlarini olib bormoqda.
«Umuman olganda, Kiyev bo‘yicha hozirda kamida 27 ta nuqtada Rossiyaning qo‘shma hujumi oqibatlari mavjud. Solomenskiy rayoni, Svyatoshinskiy, Shevchenkovskiy, Goloseyevskiy katta zarar ko‘rdi», – dedi Tkachenko.
Harbiy ma’muriyat rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida jami 52 kishi jabrlangan, shundan to‘qqiz nafari bolalar. Qariyb 30 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Kiyev politsiyasi jabrlanganlardan uch nafari politsiyachilar ekanini ma’lum qildi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, soat 08:00 holatiga olti qurbon va 30 yarador haqida ma’lum.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujum oqibatlari aks etgan videoni e’lon qildi va shunday dedi: «Kiyev. Raketa zarbasi. To‘g‘ri turar joy binosiga. Vayronalar ostida qolgan odamlar. Barcha xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Rus terrorchilari».
Rossiya mudofaa vazirligi Kiyevga tungi hujumga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid

09:42
Kiyevda zarbaga uchragan uy xarobalari ostidan yana 11 kishi jasadi topildi

23:05 / 31.07.2025
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

21:10 / 31.07.2025