O‘zbekiston | 17:42 / 31.07.2025
1353
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda binolar ijara haqining eng kam miqdori qancha?

Ayni paytda Toshkentda 50 kvadrat metrlik kvartirani 1,4 mln so‘mdan kamiga ijaraga berib bo‘lmaydi.

2025 yil 1 yanvardan binolarni ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi belgilandi. Bu 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan.

Jumladan, turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv m uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida – 28 ming so‘m;
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida – 13,5 ming so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 5,5 ming so‘m.

Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv m uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida – 45 ming so‘m;
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida – 26,5 ming so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 11 ming so‘m.

Mavzuga oid