Jahon | 08:10 / 01.08.2025
2294
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

AQSh moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, Xitoy sanksiyalar ostidagi Rossiya neftining keyingi xaridlari salbiy oqibatlaridan ogohlantirildi. Pekin «energetika suvereniteti»ni himoya qilishda davom etishini bildirdi.

Foto: Valentin Flauraud/AFP

AQSh Xitoyni sanksiyalar ostidagi Rossiya neftini sotib olishi Vashington Xitoy tovarlariga 100 foiz import bojlari joriy etishiga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi. Reuters agentligining xabar berishicha, Stokholmda AQSh va Xitoy o‘rtasida o‘tkazilgan ikki kunlik savdo muzokaralari yakunlarini sarhisob qilar ekan, Bessent, shuningdek, Xitoy sanksiyalarga duchor bo‘lgan Eron neftini sotib olishda davom etayotgani va Rossiyaga ikki maqsadli tovarlarni sotishda davom etayotganidan noroziligini bildirdi, bu esa Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushining cho‘zilishiga bevosita ta’sir qiladi.

AQSh moliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning ogohlantirishlariga javoban Xitoy vakillari o‘zlarining «energetika suverenitetini» himoya qilishda davom etish niyatida ekanini bildirgan. «Xitoyliklar o‘z suverenitetiga juda jiddiy munosabatda bo‘ladi. Agar ular 100 foizlik boj to‘lashni tanlasa, biz uni buzishni istamaymiz», — deya ta’kidladi Bessent.

AQSh moliya vaziri, shuningdek, Kongress tomonidan ko‘rib chiqilayotgan Rossiya energiya resurslarini sotib oluvchi mamlakatlardan importga 500 foizlik bojlar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasining muhimligini alohida qayd etdi. «Menimcha, Rossiya neftini sotib olgan har bir kishi bunga tayyor bo‘lishi kerak», dedi Skott Bessent matbuot anjumanida.

AQSh moliya vaziri va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligidagi uchrashuv AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo kelishuvi e’lon qilinganidan bir kun o‘tib Shvetsiya poytaxtida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid