Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi
«Keles» temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan bojxona nazorati davomida «Toshkent–Novosibirsk» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd vagonlaridan birida O‘zbekiston hududidan noqonuniy ravishda olib chiqilayotgan ehtimoliy tarixiy qimmatga ega bo‘lgan buyumlar fosh etildi.
Aniqlanishicha, vagonlardan birida bo‘lgan qora rangli sumka ichida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda og‘zaki so‘rov davomida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan turli buyumlar borligi aniqlandi.
Jumladan, 1 dona qog‘oz qutiga joylashtirilgan sellofan paketchalar ichida har xil turdagi va kattalikdagi 174 dona tanga, 27 dona turli uzuk, 2 dona kamon o‘qlari uchlari (nakonechnik), 2 dona bilakuzuk, 86 dona zargarlik buyumlari hamda 26 dona maishiy buyum elementlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, aniqlangan ushbu buyumlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shu bois, holat yuzasidan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, buyumlar badiiy ekspertizaga topshirildi.
Ekspertiza xulosasiga asosan tegishli qonuniy baho beriladi.
Mavzuga oid

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025