Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Uitkoffning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi haqida e’lon qildi
AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff Rossiyaga tashrif buyuradi, deya ma’lum qildi Donald Tramp. Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainaga yangi hujumlarini «jirkanch» deb atadi va yana bir bor sanksiyalar bilan tahdid qildi.

Foto: Kristina Kormilitsyna/AP Photo/picture alliance
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda 31 iyul, payshanba kuni AQSh yetakchisi Donald Tramp Oq uyda ma’lum qildi.
Tramp Uitkoffning rejalashtirilgan safari tafsilotlarini keltirmadi. Moskvaga avvalgi tashriflari chog‘ida u, xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.
Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi yangi hujumlarini «jirkanch» deb atadi va Moskvaga nisbatan ehtimoliy cheklov choralari haqida e’lon qildi. «Biz sanksiyalar qo‘yamiz. U (Putin) sanksiyalar haqida o‘ylayaptimi yoki yo‘qmi, bilmayman», — deya Trampning so‘zlarini keltirgan AFP.
Ayni paytda, Reuters xabar berishicha, AQSh Senatining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi 31 iyul kuni Pentagonga 2026 yil 30 sentabrda yakunlanadigan moliyaviy yil uchun 852 milliard dollar (746 milliard yevro) ajratishni nazarda tutuvchi harbiy xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, bu Tramp yil boshida so‘raganidan 2,6 foizga ko‘pdir.
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02 / 01.08.2025